Амалий-методик ҳамкорлик ишлари давом этмоқда
Жиззахда компетенциявий ёндашувга асосланган тажриба-синов бўйича илмий-амалий семинар ўтказилди
Jizzax tuman XTMFMT va TE bo'limiЖиззах вилояти халқ таълими ходимларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш институти иш режасига асосан 2016 йил 25 феврал куни Жиззах тумани ХТМФМТТЭ бўлимига қарашли 5-сонли умумтаълим мактабида умумтаълим фанлари бўйича ўқувчиларда компетенцияларни шакллантиришга йўналтирилган Давлат таълим стандартлари лойиҳалари
Илмий-методологик семинар ташкил этилди
Таълим ва тараққиётАхборот-коммуникация технологияларининг ўқитувчи фаолиятидаги ўрни
Илмий мақолаларЎқувчиларда соғлом фикрлашни шакллантиришда ахборот-коммуникацион технологияларнинг тарбиявий ролини ошириш имкониятлари
Илмий мақолаларБугунги ҳаётимизда бир биридан муҳим шундай ижтимоий-сиёсий жараёнлар юз бермоқдаки, уларга шу кун нуқтаи назардан келиб чиқиб баҳо бериш, ҳар қачонгидан, масъулиятли ёндашувни талаб этмоқда.
Информатика фанининг кимё фани билан интеграцияси
Илмий мақолалар“Ta’lim jarayonida axborot-kommunikasion texnologiyalardan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi.
Таълим ва тараққиётKonferensiya quyidagi sho’balar asosida tashkil etiladi:
1. Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim tizimida axborot-kommunikasion texnologiyalaridan foydalanishni takomilashtirish.
2. Umumta’lim fanlarini o’qitishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish.
3. Uzluksiz ta’lim tizimida mutaxasiss kadrlar tayyorlash jarayonida axborot-kommunikasion texnologiyalar asosida kasbiy kompetentlikni yuksaltirishning o’ziga xos xususiyatlari.
4. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida fanlarni o’qitish jarayonida axborot-kommunikasion texnologiyalaridan foydalanishning usul va vositalari.
“Konstitusiya yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etishining huquqiy poydevori” mavzusidagi insholar tanlovi tashkil etildi
Конституция - бахтимиз қомусиTaqdim etilgan insholarning mazmun – mohiyati tanlov komissiyasi tamonidan o’rganib chiqildi. Ma’no-mazmun jihatdan Konstitusiya haqidagi teran fikrlar, keltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi hisobga olinib, birinchi o’rin Boshlang’ich “A” kursi tinglovchisi Abdualimova Dilshoda tamonidan yozilgan “Konstitutsiya yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etishning huquqiy poydevori” mavzusidagi inshoga, ikkinchi o’rin Boshlang’ich “A” kursi tinglovchisi Ikromov Otabek tamonidan yozilgan “Konstitutsiya yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etishning huquqiy poydevori” mavzusidagi inshoga, uchinchi o’rin Boshlang’ich “A” kursi tinglovchisi G’affarova Xolisxonning “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusidagi insholariga berildi.
Insholar tanlovida faol ishtirok etgan kurs tinglovchilari kafedra tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.
“Konstitusiya-baxtimiz qomusi” mavzusida davra suxbati
Конституция - бахтимиз қомусиTadbir davomida kafedra o’qituvchisi S.Ergasheva ishtirokchilarini Konstitusiyaning paydo bo’lish tarixi, uning mazmuni-mohiyati, tuzilishi, fuqarolarning huquq burchlari haqida tayyorlangan slaydlar orqali ma’lumot berib o’tdi.
Kafedra o’qituvchisi B. Xolmo’minova kurs tinglovchilari bilan Konstitutsiyaning moddalari va unda belgilan huquqiy me’yorlar yuzasidan “blis so’rov” metodi asosida musobaqa tashkil qildi. Musobaqa yakunida B.Xolmo’minova tinglovchilarga“Umumjahon deklorasiyasi” haqida ma’lumot berib o’tdi. .
Seminar yakunida tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Tinglovchilarning savollariga B.Xolmo’minova va G.Xolboyevalar atroflicha javob berishdi.
Seminar ko’tarinki ruh va qizg’in bahs-munozaralarga boy tarzda yakunlandi.
“San’atda ham o’rnakmiz” mavzusida tanlov o’tkazildi
"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"Muxlislar noyabr oyida tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilari. Tanlov yakuniga ko’ra I-o’rinni “Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasining “Tabiiy”, II-o’rinni “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim”kafedrasining “Navo”, III-o’rinni “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim”kafedrasining “Gulg’unchalar” va “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar”kafedrasining “Ziyo”, IV-o’rinni “Pedagogika-psixologiya va menejmenti”kafedrasining “Quvnoqlar”, V-o’rinni “Til va adabiyot ta’limi”kafedrasining “Filolog” va ARM guruxlari egalladilar. G’oliblar institut raxbariyatining faxriy yorlig’i va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Техник ижодий ишлар ва ундан ўқув жараёнида фойдаланиш
Таълим ва тараққиётХайрулла Инатов томонидан 20 дан ортиқ физика фани бўйича тажриба ва лаборатория қурилмалари яратилган. Жумладан, “Ёпиқ идишдаги суюқлик миқдорини аниқлаш”, “Тенг вақт оралиғини ҳисобловчи электромеханик асбоб қурилмаси”, “Электромагнит сигнализатор”, “Ёруғлик лампасини товуш ёрдамида узиб-улаш қурилмаси”, “Транзисторли сигнализатор”, “Вақт релеси ёрдамида ёритгични автоматик бошқариш қурилмаси” каби ишларни келтириш мумкин. Қўлда ясалган қурилма ва асбоблардан ўқув жараёнида фойдаланилади. Бу эса ўқитувчиларнинг иш фаолиятида асқотиши табиийдир.
Маълумки, кечқурун уйқуга ётишдан олдин ётоқхонанинг ёруғлиқ тармоғи узилади. Бунда баъзи бир ҳолатлар юз бериши мумкин. Масалан, қоронғуликда инсон кўзи яхши кўрмай қолиши натижасида беихтиёр қўли билан пайпаслаб хона деворлари, эшик пардаларини доғ қилиши ёки бошқа чинни идишларни тушириб юбориши мумкин. Бундай кўнгилсиз ҳолатларнинг олдини олиш учун “Вақт релеси ёрдамида ёритгични автоматик бошқариш қурилмаси” ёрдам беради.
Устознинг ибратли йўл
Устоз ва мураббийларИнатов Хайрулла 1947 йили Жиззах шаҳрининг Ўратепалик маҳалласида туғилган. У Жиззах шаҳридаги 8-умумтаълим мактабини 1966 йилда тугатгандан кейин, шу йили Улуғбек номидаги Фарғона Давлат педагогика институтнинг физика факультетига ўқишга кирди. Институтни 1970 йилда тугатиб, Жиззах шаҳридаги 14-умумтаълим мактабида физика-астрономия фанлари ўқитувчиси сифатида фаолият олиб борди.
Инатов Хайрулла 1978 йилда А.Қодирий номидаги Жиззах Давлат педагогика институтига “Физика ўқитиш методикаси” фани ўқитувчиси сифатида ишга таклиф этилди. 1989 йилда Киев шаҳрида “Ўрта мактаб физика курсида автоматика элементлари” мавзусида номзодлик диссертациясини ҳимоя қилди. Х.Инатов 1993-98 йй. — Жиззах Давлат педагогика институти “Электротехника ва ЎТВ” кафедраси мудири, 1998-2004 йй — Жиззах вилоят педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш институти “Табиий ва аниқ фанлар таълими” кафедраси мудири, 2004-2008 й.й. — Жиззах вилоят педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш институти ўқув-методик ва илмий ишлар проректори, 2008 йил 1 февралдан Жиззах вилояти педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш институти “Табиий ва аниқ фанлар таълими” кафедраси доценти сифатида фаолият кўрсатмоқда.
Педагогика фанлари номзоди, доцент Х.Инатов томонидан илмий-методик журналларда 14 мавзуда, илмий-амалий конференция материаллар тўпламларида 45 мавзуда, алоҳида тўпланмаларда 13 мавзуда, газета саҳифаларида 24 мавзуда, шунингдек 45 номланишда ўқув, ўқув-методик қўлланмалар нашр этилган. Жумладан, Две изобретательская задачи по электричеству (М.: //Ж. Физика в школе –С. 70-71), Политехник таълимни амалга ошириш йўллари ( Ж: Узлуксиз таълим. -2008 1-сон –Б.95-97), Ўқувчиларнинг мустақил билим олишларини ташкил этиш( Ж: Халқ таълими. -2009 1-сон –Б.70-73), O’rta maxsus ta’limda fizikani o’qitishda politexnik ta’limni ta’minlash (J: Fizika, matematira va infоrmatika. -2009 2-son –B.88-91), Амалий тажрибалар ўтказиш йўли билан ўқувчиларнинг ижодий қобилятларини ривожлантириш ( Ж: Халқ таълими. -2011 3-сон –Б.129-132), Гуманизация в преподовании физики (J: Fizika, matematika va informatika-2013 1-son –B.113-115), Меҳнат таълими дарслари мазмунига миллий истиқлол ғоясини сингдириш (Ж: Халқ таълими. -2013 2-сон –Б.47-78), Физика ўқитишнинг назарий масалалари. Ўқув қўлланма. I-қисм (“TAFARRUR” нашриёти Тошкент-2010. 9 б.т.), Физика ўқитиш методикаси. Ўқув қўлланма. II -қисм (“TAFARRUR” нашриёти Тошкент-2010. 20 б.т.) келтириш мумкин. Мазкур ўқув қўлланмалардa Ўрта Осиёлик мутафаккирларнинг илмий мерослари ва жахон тарихида тутган ўрни, Ўзбекистонда физика фанининг ривожланиши ва истиқболлари, физика ўқитиш методикаси тарихи ва ривожланиши каби илмий-назарий масалалар, шунингдек, дидактика, педагогика, психология фанларининг ҳозирги замон ютуқлари ҳисобга олинган ҳолда ўрта мактабда физика ўқитишнинг мақсад ва мазмуни ҳамда унинг такомиллаштириш жиҳатлари ёритилган.
Шунингдек, Х.Инатовнинг бевосита раҳбарлигида 50 нафар талабаларнинг битирув ишларига илмий раҳбарлик, худди шунча диссертация ва диссертация авторефератларга илмий хулоса ва тақризлар ёзган, 8 нафар физика фани ўқитувчиларнинг иш тажрибасини оммалаштирган, ҳамда 3 нафар илмий-тадқиқотчи (М.Жуманиёзова, Р.Мусурмонов, А.Худайбердиева) ларнинг диссертация ҳимоясида расмий оппонент сифатида иштирок этган. Устознинг юқоридаги илмий-тадқиқот ишлари барчага ибратлидир.
Жиззах ВПКҚТМОИ
У.Мингбоев
Ж.Мардонқулов
Obod turmush tarzini shakllantirishda muzeylarning o'rni
"Обод турмуш йили"Ta’lim muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan pedagog xodimlar o’quvchilarga obod turmush tarzini tashkil etishda qadimiy meroslarimiz, xususan, muzeylar va ularning ma`naviy ahamiyati haqida ma’lumotlar berishlari lozim bo`ladi. Bu esa, o`z navbatida, o’quvchilarni qadimiy merosimiz bo’lgan muzeylarda saqlanayotgan eksponatlarning yurtimizda faoliyat olib borgan bobolarimiz va ularning bizlar uchun qoldirgan oltin meroslari haqidagi tushunchalarga ega bo’lishlarida yo`naltiruvchi omil bo`lib xizmat qiladi. Shularni hisobga olib, 2013-yil aprel oyida tashkil etilgan “Informatika” malaka oshirish kurs tinglovchilari bilan Jizzax shahridagi Sh.Rashidov muzeyiga sayohat uyushtirdik. Mazkur sayohat jarayonida atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sh.Rashidovning tug’ilgan joyi va O’zbekiston Respublikasida olib borgan ishlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’ldik. Sh.Rashidovning Toshkent shahridagi metropolitenning tamal toshini qo`ygani va cho’lni o’zlashtirish loyihalari tinglovchilarda katta taassurot uyg’otdi.
Kurs tinglovchilari tashkil etilgan ushbu sayohat haqida quyidagi fikrlarni bildirdilar:
Nasriddinova Yulduz (Jizzax tuman 11-umumta’lim maktab informatika fani o’qituvchisi) – Hurmatli Prezidentimiz I.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” deb bejiz aytmaganlar. Bu so’zda olam-olam ma’no borligiga yana bir bor amin bo’ldim. Shunday ekan, tarixni o’rganishimizda muzeylarning o’rni beqiyosdir. Bu orqali o’quvchilarga obod turmush kechirishimizda o’zining hissasini qo’shgan vatandoshlarimiz haqida aniq ma’lumotlarni berish imkoniyatiga ega bo’ldim. Sh.Rashidov muzeyida men bobomizning hayoti, ijodi va hayot yo’lida O’zbekiston xalqining obod yashashi uchun juda ko’p ishlarni amalga oshirganligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Jumanov Kamol (Jizzax shahar 12-umumta’lim maktab informatika fan o’qituvchisi) – Muzeylar, asosan, tarix haqida ma’lumotlar olishga, tarixiy tasavvur qilishga yordam beradi. Yosh avlodni yetuk shaxs qilib tarbiyalashda, o’quvchilarga hozirgi obod turmush tarzimizning yaratilishida qancha-qancha ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz juda katta ishlarni qilganligining isbotini muzeyda o’z ko’zim bilan ko’rdim.
Hamraqulov Ikrom (Jizzax tuman 6-umumta’lim maktab informatika fan o’qituvchisi) – Sharof Rashidov nomidagi muzeyga kirib juda ko’p tarixiy ma’lumotlarga ega bo’ldim. Muzeyni sayohat qilish vaqtida juda g’ururlanib ketdim. Chunki bobomiz amalga oshirgan bu ishlar hozirgi vaqtda ham insonlarning obod va farovon yashashi uchun xizmat qilmoqda. O’qituvchi bo’lsam-da, o`zimni endi o`rganayotgan yosh o`quvchiday his qildim va ruhiyatim tetiklashib, vatanimizda insonlarning obod turmush tarzini yaxshilash uchun olib borgan ishlari ko`lami nihoyatda beqiyos ekanligiga yana bir bor amin bo’ldim. Vatanim uchun mehrim yanada oshdi.
JizzaxVPKQTMOI
U.Mingboyev
T.Avazov
Ingliz tilidan "O'rgan-o'rgat" uslubi amalda
ICT for English teachersO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” 1875-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax tuman XTMFMT va TE bo’limiga qarashli 4-umumta’lim maktabida “Ingliz tili fanidan “O’rgan-o’rgat”” uslubi bo’yicha seminar-trening bo’lib o’tdi.
Ingliz tilidan "O'rgan-orgat" uslubi amalda
ICT for English teachersO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” 1875-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax tuman XTMFMT va TE bo’limiga qarashli 4-umumta’lim maktabida “Ingliz tili fanidan “O’rgan-o’rgat”” uslubi bo’yicha seminar-trening bo’lib o’tdi.